«2021 yil» tegli maqolalar


2021-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 3 mlrd dollarga ortdi
1 mart 2022, 10:46

2021-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 3 mlrd dollarga ortdi

2021-yil davomida O‘zbekiston davlat qarzi 2,9 mlrd dollarga ko‘payib, 26,3 mlrd dollarni yoki YAIMga nisbatan 38 foizni tashkil etdi. Tashqi qarzning 25,2 foizi yoki 5,9 mlrd dollar davlat budjeti uchun jalb qilingan.

YeTTB 2021-yilda O‘zbekistonga jami 690 mln dollar investitsiya kiritdi
30 yanvar 2022, 12:10

YeTTB 2021-yilda O‘zbekistonga jami 690 mln dollar investitsiya kiritdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2021-yilda O‘zbekistonga 22 ta loyiha orqali 690 mln dollarga yaqin investitsiya mablag‘larini yo‘naltirdi. Shuningdek, hozirgi kungacha bank O‘zbekistonga jami 2,85 mlrd yevrodan ortiq sarmoya kiritgan.

2021-yilda O‘zbekistondan 20 mingdan ortiq kishi xorijga ko‘chib ketgan
28 yanvar 2022, 17:27

2021-yilda O‘zbekistondan 20 mingdan ortiq kishi xorijga ko‘chib ketgan

2021-yilda O‘zbekistondan 20,14 ming kishi xorijiy mamlakatlarga ketdi. Ularning yarmidan ko‘pi — 56,6 foizi Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan. Shuningdek, yil davomida 1875 kishi mamlakatga ko‘chib keldi.

O‘zbekistonda 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 3,2 mln so‘mni tashkil qildi
26 yanvar 2022, 14:53

O‘zbekistonda 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 3,2 mln so‘mni tashkil qildi

Statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 20 foizga o‘sib, 3,2 mln so‘mga yetganini ma’lum qildi. Biroq ushbu raqamlar amaldagisidan farq qilishi mumkin. Bunga sabab qishloq xo‘jaligi va kichik biznes subyektlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar umumiy statistikada aks etmagan.

O‘zbekiston aholisi 2021 yilda 712,4 ming nafarga oshdi
14 yanvar 2022, 12:55

O‘zbekiston aholisi 2021 yilda 712,4 ming nafarga oshdi

2021 yilda O‘zbekistonda aholi soni 712,4 ming kishiga ko‘payib, jami 35 mln nafardan ortiqni tashkil etdi. Aholining 49,7 foizi ayollar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Hududlar kesimida eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida (4 mlndan ortiq) yashashi qayd etildi.

1 dekabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
28 noyabr 2021, 11:00

1 dekabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Davlat organlari faoliyatining ochiqligi baholanishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish haqida hisobot berishi, ayrim sud ishlarining jonli efirda uzatilishi, ko‘chma savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi soddalashtirilishi, xarid komissiyasining ayrim vakolatlari bekor qilinishi, xorijdagi o‘zbekistonliklarga davlat xizmatlaridan foydalanishga imkoniyat yaratilishi — 1 dekabrdan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

1 noyabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
28 oktabr 2021, 16:58

1 noyabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Imkoniyati cheklangan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanganda 50 foizlik chegirma berilishi, ayrim MFYlar xodimlarining oylik maoshi 35 foizga oshirilishi, oilaviy zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yilishi, mehnat migratsiyasida talab yuqori bo‘lgan kasblarning yagona bazasi yaratilishi — 1 noyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

1 oktabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
27 sentabr 2021, 16:39

1 oktabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

«Tonirovka»ga ruxsatnomaning faqat my.gov.uz orqali berilishi, eng yaxshi loyihalar uchun yoshlarga 54 mln so‘mgacha grant mablag‘larining berilishi, eksportyor korxonalarga $5 mlngacha bir martalik moliyaviy resurslarning taqdim etilishi, alkogol va tamaki mahsulotlarining ayrim turlariga soliq stavkalarining oshirilishi — 1 oktabrdan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

1 sentyabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
25 avgust 2021, 12:37

1 sentyabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Oshayotgan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar, davlat organi xodimlarining onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinishi, ayrim sportchi-trenerlarga har oylik to‘lov, yangi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabining bekor qilinishi va boshqalar — 1 sentyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

1 avgustdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
27 iyul 2021, 14:00

1 avgustdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Hokimliklarning yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, zaxiraga olish, olib qo‘yish vakolatining bekor qilinishi, to‘y va marosimlardagi cheklovlar, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi, xorijdan mahsulot sotib olib, uchinchi davlatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat berilishi, turizm sohasida ayrim litsenziya talablarining joriy etilishi — 1 avgustdan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

1 iyuldan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
28 iyun 2021, 08:00

1 iyuldan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Pensiya va nafaqalarning oshirilishi, 24 ta tuman va shahar qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilayotgani, olis va chekka hududlardagi bog‘chalar va parrandachilarga subsidiya berilishi, onkologik va gematologik bemorlarning viloyatlardan respublika markazlariga kelish xarajatlari qoplab berilishi, mansabdor shaxslarning xizmat safarlari xarajatlari oshkor qilinishi — 1 iyuldan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

1 iyundan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
28 may 2021, 10:04

1 iyundan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Haydovchilik guvohnomalari uchun imtihonni xususiy sektor ham o‘tkazishi, bolalar qator dorilar bilan bepul ta’minlanishi, ichki bozorda ba’zi tovarlarning faqat birja orqali sotilishi, Uzbekistan Airways Moskvaga reyslarini boshqa aeroportga ko‘chirishi, aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlaridan foydalanishda bir qator qulayliklar — 1 iyundan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

1 maydan nimalar o‘zgaradi?
27 aprel 2021, 12:55

1 maydan nimalar o‘zgaradi?

Yoshlarga oid bir qator yangiliklar, o‘simlik yog‘iga nisbatan eksport bojining joriy etilishi, davlat organlari xodimlari sonining 15 foizga qisqartirilishi, ba’zi shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligi berilishi, ekologik xavfli mahsulotlarning majburiy sertifikatlashtirilishi — 1 maydan mamlakat qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

1 apreldan nimalar o‘zgaradi?
27 mart 2021, 17:54

1 apreldan nimalar o‘zgaradi?

Tadbirkorlarga haydovchilik guvohnomasi uchun imtihonlarni tashkil etishga ruxsat berilishi, zargarlik buyumlarini onlayn sotish mumkinligi, ayrim mutaxassislarning ish haqi va ba’zi pensionerlar nafaqasining oshirilishi, uy-joy narxlarining optimallashtirilishi — 1 apreldan mamlakat qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

1 martdan nimalar o‘zgaradi?
26 fevral 2021, 18:15

1 martdan nimalar o‘zgaradi?

Ikki qavatdan yuqori bo‘lgan uylarni ekspertizasiz qurishning taqiqlanishi, aholining minimal iste’mol xarajatlari, O‘zbekiston fuqarolari uchun turistik yig‘im, alimentlarni undirishning yangi tizimi — 1 martdan mamlakat qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

2021-yilgi sug‘orish mavsumida suv ta’minoti 25 foiz kam bo‘lishi kutilmoqda
25 fevral 2021, 01:46

2021-yilgi sug‘orish mavsumida suv ta’minoti 25 foiz kam bo‘lishi kutilmoqda

Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda 2021-yilgi sug‘orish mavsumida suv ta’minoti 25 foiz kam bo‘lishi kutilayotgani aytildi. Shu bois, 430 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish orqali 3 mlrd kubmetr suvni tejash lozimligi ta’kidlandi.

2021 yil uchun soliq siyosati. Nimalar o‘zgardi?
6 yanvar 2021, 23:27

2021 yil uchun soliq siyosati. Nimalar o‘zgardi?

O‘zbekiston Soliq kodeksiga bir qator yangilanishlar va o‘zgartirishlar kiritildi. 2021 yilda aksiz solig‘ining 3 marta ko‘tarilishi, yangilangan soliq imtiyozlari va boshqa soliq siyosatidagi o‘zgarishlar.

1 yanvardan nimalar o‘zgardi?
5 yanvar 2021, 22:02

1 yanvardan nimalar o‘zgardi?

2021 yil 1 yanvardan O‘zbekiston qonunchiligidagi asosiy o‘zgarishlar va boshqa yangiliklar haqidagi umumiy ma’lumot tayyorlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting